Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aktyor Shahzod Sultonov MMAda jang o‘tkazdi

Aktyor Shahzod Sultonov MMAda jang o‘tkazdi

Videodan lavha

O‘zbekistonlik aktyor Shahzod Sultonov 26-sentyabr, dushanba kuni MMAda debyut qildi.

Andijon shahrida bo‘lib o‘tgan MMA kechasining asosiy jangida Sultonovga Farohiddin Turdiboyev raqib bo‘ldi. Jangchilar -90 kg vazn toifasida o‘tkazildi.

Jangning uchinchi raundida Sultonov raqibning xatosidan foydalanib, maunt holatiga o‘tib olgan va ketma-ket zarbalardan keyin hakam texnik nokaut qayd etgan.

Shu tariqa Shahzod Sultonov MMAdagi debyut jangida g‘alabaga erishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring