«Al-Hilol» klubi Neymarning javobini bermoqchi
Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» jamoasining braziliyalik hujumchisi Neymar tez orada erkin agentga aylanishi mumkin. Klub uning shartnomasini 2025-yilning yanvarida bekor qilmoqchi. Bu haqda UOL xabar bermoqda.
Neymar 2023-yilning yozida 90 million yevro evaziga Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klubidan «Al-Hilol»ga o‘tgandi, u yangi jamoasida beshta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 2023-yilning 18-oktabr kuni Neymar Braziliya terma jamoasi safida Urugvay bilan o‘yinda jarohat oldi. Uning tiklanishi uchun taxminan o‘n oy vaqt ketishi kutilgandi. Jarohatdan tuzalib kelgan futbolchi esa yana jarohat oldi. Klub futbolchini 90 million yevroga sotib oldi va maosh uchun 160 million yevro sarflamoqda.
Neymar o‘tgan yozda Saudiya klubiga o‘tgan va ular uchun bor yo‘g‘i 7 ta o‘yin o‘tkazgan.
Manbaning ta’kidlashicha, Neymar faoliyatini davom ettirish variantlari orasida o‘zi tarbiya topgan klubi - hozirda Braziliya ikkinchi divizioni vakili bo‘lgan «Santos» ham bor. Bu klub o‘tgan mavsum oxirida elitadan tushib ketdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter