Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Angliya jahon chempionatlari antirekordini o‘rnatdi

Angliya jahon chempionatlari antirekordini o‘rnatdi

Angliya terma jamoasi jahon chempionatining 1/4 final bosqichida Fransiyaga mag‘lub bo‘lib, jahon chempionatlarining antirekordini o‘rnatdi.

Britaniyaliklar uchun bu jahon chempionatining ushbu bosqichidagi yettinchi muvaffaqiyatsizligi bo‘lib, tarixdagi eng yomon natija hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, britaniyaliklar 1954, 1970, 1982, 1986, 2002 va 2006-yillarda 1/4 final bosqichidan ortga qaytishga majbur bo‘lgan.

Ta’kidlash kerakki, 10-dekabr kuni El-Xaur shahridagi «Al-Bayt Arena»da bo‘lib o‘tgan o‘yin 2:1 hisobida amaldagi jahon chempionlari foydasiga hal bo‘ldi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring