Angliya kubogi. Dunyoning eng qimmat himoyachisi debyut o‘yinidayoq gol urdi

Angliya kubogining 3-bosqichida «Liverpul» o‘z maydonida «Everton»ni qabul qildi va 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Yaqindagina rekord summaga sotib olingan himoyachi van Deyk ishonchli oqlashni boshladi — u mersisaydliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. «Qizillar»ning gollariga islandiyalik Sigurdsson javob qaytardi.
«Derbi Kaunti» bilan «Old-Trafford»da kuch sinashgan «Manchester Yunayted» so‘nggi daqiqalarda Lingard va Lukaku tomonidan kiritilgan ikki gol evaziga g‘alaba qozondi — 2:0. E’tiborlisi — ushbu uchrashuvda anchadan beri hatto zaxira o‘rindig‘ida ham ko‘rinish bermayotgan Genrix Mxitaryan asosiy tarkibda tushdi va birinchi bo‘limdan so‘ng o‘z o‘rnini Lukakuga bo‘shatib berdi.
Qolgan o‘yinlar bugun va ertaga o‘tkaziladi. «Manchester Siti» o‘z uyida «Bernli»ni qabul qilsa, «Chelsi» mehmonda «Norvich» bilan kuch sinashadi. «Arsenal»ga — «Nottingem Forest», «Tottenxem»ga esa «Uimbldon» raqiblik qiladi.
Angliya kubogi. 3-bosqich.
«Liverpul» – «Everton» 2:1
Gollar: 1:0 – 35, penalti Milner, 1:1 – 67 Sigurdsson, 2:1 – 84 van Deyk.
«Manchester Yunayted» – «Derbi Kaunti» 2:0
Gollar: 1:0 – 84 Lingard, 2:0 – 90 Lukaku.
Keyingi o‘yinlar anonsi:
«Flitvud Taun» – «Lester»
«Midlsbro» – «Sanderlend»
«Uikom» – «Preston»
«Fulxem» – «Sautgempton»
«Manchester Siti» – «Bernli»
«Vulverxempton» – «Suonsi»
«Kardiff» – «Mensfild»
«Blekbern» – «Xall»
«KPR» – «MK Dons»
«Brentford2 – «Notts Kaunti»
«Yovil» – «Bredford»
«Bolton» – «Xaddersfild»
«Koventri» – «Stok Siti»
«Ipsvich» – «Sheffild Yunayted»
«Milluoll» – «Barnsli»
«Nyukasl» – «Luton»
«Stiveneyj» – «Reding»
«Uotford» – «Bristol Siti»
«Karlayl Yunayted» – «Sheffild Uensdey»
«Donkaster» – «Rochdeyl»
«Ekseter» – «Vest Bromvich»
«Bornmut» – «Uigan»
«Aston Villa» – «Piterboro»
«Birmingem» – «Berton»
«Norvich» – «Chelsi»
«Nyuport» – «Lids»
«Shrusberi» – «Vest Xem»
«Tottenxem» – «Uimbldon»
«Nottingem Forest» – «Arsenal»
«Brayton» – «Kristal Pelas»
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter