Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Angliyada mavsumning eng zo‘r futbolchisiga nomzodlar aytildi

Angliyada mavsumning eng zo‘r futbolchisiga nomzodlar aytildi

Angliya premer ligasida o‘tayotgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh, «Manchester Siti» yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne va «Tottenxem» hujumchisi Son Xyon Min asosiy da’vogarlik qilyapti.

Nomzodlar qatoriga quyidagi futbolchilar ham tushgan: Trent Aleksander-Arnold (Liverpul), Jarrod Bouen (Vest Xem), Joau Kanselu (Manchester Siti), Bukayo Saka (Arsenal), Jeyms Uord-Prouz (Sautgempton). G‘oliblar APLdagi 20 ta jamoa sardorlari, ekspertlar va muxlislarning ovoziga ko‘ra aniqlanadi.

Eng yaxshi murabbiylikka esa Tomas Frank (Brentford), Xosep Gvardiola (Manchester Siti), Eddi Xau (Nyukasl), Yurgen Klopp (Liverpul) va Patrik Viyeyra (Kristal Pelas) da’vogar bo‘lib turibdi. G‘oliblar futbol ekspertlari va muxlislar ovoziga ko‘ra aniqlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring