Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Angliyaga gol urgan futbolchimiz Ispaniya klubi nazariga tushdi

Angliyaga gol urgan futbolchimiz Ispaniya klubi nazariga tushdi

O‘zbekistonlik iqtidorli futbolchi Laziz Mirzayev faoliyatini Ispaniya klubida davom ettirishi mumkin.

Rossiyalik insayder Ivan Karpovning ma’lum qilishicha, Toshkentning «Lokomotiv» klubi a’zosi, 17 yoshli Laziz Mirzayev Ispaniyaning «Leganes» klubida ko‘rikdan o‘tmoqda.

«Leganes» joriy mavsumda Segundada 31 ta uchrashuvdan keyin 56 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda va La Ligaga qaytish uchun yaxshi imkoniyatga ega.

Lazizbek Mirzayev O‘zbekiston U17 terma jamoasi sardori sifatida o‘tgan yili noyabr oyida 17 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zini ko‘rsatib, xorij klublari skautlari nazariga tushgan. U jarima zarbasidan Angliya terma jamoasi darvozasini ishg‘ol qilgani yodingizda bo‘lsa kerak. O‘sha supergol o‘smirlarimizning Angliya terma jamoasi ustidan 2:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minlagan va jahon chempionatining chorak finaliga yo‘llanmani taqdim etgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring