Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Antirekord Angliya terma jamoasini B ligaga ravona qildi

Antirekord Angliya terma jamoasini B ligaga ravona qildi

Foto: Chof360.com

Angliya terma jamoasi g‘alabasiz o‘yinlar bo‘yicha so‘nggi 29 yildagi antirekordni takrorladi. Bu Germaniya terma jamoasiga qarshi o‘yindan so‘ng yuz berdi.

Millatlar ligasi guruh bosqichi 6-turida inglizlar nemislarni «Uembli»da qabul qildi. O‘yin 3:3 hisobida yakuniga yetdi. Bu angliyaliklar g‘alaba nimaligini bilmagan qatorasiga oltinchi va hammasi Millatlar ligasi doirasidagi o‘yin bo‘ldi: «Uch sher» hisobida uch durang, uch mag‘lubiyat bor.

Gracenote Live xabar berishicha, ushbu seriya Angliya terma jamoasi uchun 1993-yildan beri eng yomoni hisoblanadi. Qizig‘i, o‘shandagi g‘alabasiz o‘yinlarning oltinchisi ham aynan Germaniyaga qarshi o‘tkazilgandi.

Millatlar ligasidagi o‘yinlari yakuniga ko‘ra, inglizlar 3-guruhda so‘nggi o‘rinni egallab, B ligasiga tushib ketishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring