Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

APL: «Chelsi»ni mag‘lub qilgan Lempard va «Arsenal»ning qayta tirilishi

APL: «Chelsi»ni mag‘lub qilgan Lempard va «Arsenal»ning qayta tirilishi

Angliya chempionatining 35-turida markaziy o‘yinlar kuzatilmagan bo‘lsa-da, lekin juda muhim uchrashuvlar o‘tkazildi. Xususan, YeChL yo‘llanmasi uchun kurash ham chempionlik poygasidan qolishmayapti.

Uchinchi o‘rinni olish «Chelsi»da deyarli hal edi, ammo londonliklar ketma-ket mag‘lubiyat va duranglar qayd etib, o‘zlariga Londonning boshqa 2 ta jamoasini yaqinlashtirib qo‘ydi. Uning ortidan «Arsenal» va «Tottenxem» YeChL yo‘llanmasi uchun kurash olib boryapti.

Alohida qayd etish kerak, «Everton» klubi ayni paytda autsayderlar qatoriga tushib qolgan bo‘lsa-da, chempionatda qolishi uchun hali imkoniyatga ega. Afsonaviy Frenk Lempard murabbiylik qilayotgan ushbu jamoa bu turda «Chelsi» ustidan minimal g‘alabaga erishdi.

APL, 35-tur natijalari

Nyukasl - Liverpul - 0:1
Gol: Keyta, 19 (0:1).
30 aprel. Nyukasl. «Sent-Jeyms Park stadioni.
Bosh hakam: Andre Marriner (Birmingem).

Aston Villa - Norvich - 2:0
Gollar: Uotkins, 41 (1:0). Ingz, 90+3 (2:0).
30 aprel. Birmingem. «Villa Park» stadioni.
Bosh hakam: Jon Bruks (Melton-Moubrey).

Vulverxempton - Brayton - 0:3
Gollar: Mak Allister, 42 - penaltidan (0:1). Trossar, 70 (0:2). Bissuma, 86 (0:3).
Urilmagan penalti: Mak Allister, 33 (ustun, Brayton).
30 aprel. Vulverxempton. «Molinyu» stadioni.
Bosh hakam: Saymon Xuper (Uiltshir).

Sautgempton - Kristal Pelas - 1:2
Gollar: Oriol Romeu, 9 (1:0). Eze, 60 (1:1). Zaa, 90+2 (1:2).
30 aprel. Sautgempton. «Sent-Meris» stadioni.
Bosh hakam: Jarred Jillett (Gold-Kost).

Uotford - Byornli - 1:2
Gollar: Tarkovski, 8 - o‘z darvozasiga (1:0). Kork, 83 (1:1). Braunxill, 86 (1:2).
30 aprel. Uotford. «Vikarij Roud» stadioni.
Bosh hakam: Kreyg Pouson (London).

Lids - Manchester Siti - 0:4
Gollar: Rodri, 13 (0:1). Ake, 54 (0:2). Jezus, 78 (0:3). Fernandino, 90+3 (0:4).
30 aprel. Lids. «Elland Roud» stadioni.
Bosh hakam: Pol Tirni (Lankashir).

Tottenxem - Lester - 3:1
Gollar: Keyn, 22 (1:0). Son Xyon Min, 60 (2:0). Son Xyon Min, 79 (3:0). Ixeanacho, 90+1 (3:1).
1 may. London. «Tottenxem Xotspur» stadioni.
Bosh hakam: Jonatan Moss (Yorkshir).

Everton - Chelsi - 1:0
Gol: Risharlison, 47 (1:0).
1 may. Liverpul. «Gudison Park» stadioani.
Bosh hakam: Kevin Frend (Lestershir).

Vest Xem - Arsenal - 1:2
Gollar: Xolding, 38 (0:1). Bouen, 45 (1:1). Gabriel, 54 (1:2).
1 may. London. «London-Stedium» stadioni.
Bosh hakam: Mayk Din (Xesvoll).

Manchester Yunayted - Brentford - 3:0
Gollar: Brunu Fernandesh, 9 (1:0). Krishtianu Ronaldu, 61 - penaltidan (2:0). Varan, 72 (3:0).
2 may. Manchester. «Old Trafford» stadioni.
Bosh hakam: Kris Kavana (Lankashir).

Musobaqa jadvali

R  Jamoa O‘ G‘ D M T-n Ochko
1  Manchester Siti 34 26 5 3 84-21 83
2  Liverpul 34 25 7 2 86-22 82
3  Chelsi 34 19 9 6 68-29 66
4  Arsenal 34 20 3 11 54-41 63
5  Tottenxem 34 19 4 11 59-39 61
6  Manchester Yunayted 36 16 10 10 57-52 58
7  Vest Xem 35 15 7 13 53-46 52
8  Vulverxempton 34 15 4 15 33-32 49
9  Brayton 35 10 14 11 34-42 44
10  Nyukasl 35 11 10 14 40-56 43
11  Lester 33 11 9 13 48-54 42
12  Kristal Pelas 34 9 14 11 45-42 41
13  Aston Villa 33 12 4 17 44-46 40
14  Brentford 35 11 7 17 41-52 40
15  Sautgempton 35 9 13 13 41-58 40
16  Byornli 34 7 13 14 31-46 34
17  Lids 34 8 10 16 38-72 34
18  Everton 33 9 5 19 35-55 32
19  Uotford 34 6 4 24 32-69 22
20  Norvich 34 5 6 23 22-71 21

To‘purarlar (qavsda penaltidan urilgani)

22 ta
Muhammad Saloh (Liverpul, 5)

19 ta
Son Xyon Min (Tottenxem)

17 ta
Krishtianu Ronaldu (Manchester Yunayted, 3)

15 ta
Diogu Jota (Liverpul)

14 ta
Sadio Mane (Liverpul)

13 ta
Harri Keyn (Tottenxem, 2)

Avtogollar

Jamol Lassells (Nyukasl) - 2
Maykl Kin (Everton) - 2
Meyson Xolgeyt (Everton)
Yuray Kutska (Uotford)
Yoaxim Andersen (Kristal Pelas)
Yan Bednarek (Sautgempton)
Luka Milivoyevich (Kristal Pelas)
Eshli Yang (Aston Villa)
Muhammad Salisu (Sautgempton)
Kurt Zuma (Vest Xem)
Harri Maguayr (Manchester Yunayted)
Kucho Ernandes (Uotford)
Alvaro Fernandes (Brentford)
Ris Jeyms (Chelsi)
Xunior Firpo (Lids)
Jeymi Vardi (Lester)
Lyuka Din (Everton)
Fransisko Serralta (Uotford)
Fred (Manchester Yunayted)
Erik Dayer (Tottenxem)
Maks Aarons (Norvich)
Tim Krul (Norvich)
Serxi Kanos (Brentford)
Alisson (Liverpul)
Erik Beyi (Manchester Yunayted)
Ben Mi (Byornli)
Jeyms Tarkovski (Byornli)

Tur ramziy terma jamoasi (Xabar.uz talqini bo‘yicha)

Jordan PIKFORD (Everton) – Aleks TELLES (Manchester Yunayted), Rob XOLDING (Arsenal), Mark KUKURELYa (Brayton) – Jeyms MILNER (Liverpul), RODRI (Manchester Siti), Moyses KAYSEDO (Brayton), Iv BISSUMA (Brayton) – Gabriel JEZUS (Manchester Siti), SON Xyon Min (Tottenxem), Fil FODEN (Manchester Siti).

Tur qahramoni (Xabar.uz talqini bo‘yicha)

35-turning eng yaxshi futbolchisi «Tottenxem» hujumchisi Son Xyon Min bo‘ldi. Janubiy koreyalik o‘yinchi zo‘r o‘ynaganda londonliklar 3 ochko olishyapti. Bu turda ham Son bitta golli pas berib, o‘zi dubl qayd etdi. Ayniqsa, uchinchi goli juda chiroyli chiqdi.

36-tur o‘yinlari

7 may

Byornli - Aston Villa
Brentford - Sautgempton
Kristal Pelas - Uotford
Chelsi - Vulverxempton
Brayton - Manchester Yunayted
Liverpul - Tottenxem

8 may

Arsenal - Lids
Lester - Everton
Norvich - Vest Xem
Manchester Siti - Nyukasl

Qoldirilgan o‘yinlar

33-tur

10 may

Aston Villa - Liverpul

11 may

Lids - Chelsi
Vulverxempton - Manchester Siti

30-tur

11 may

Uotford - Everton

22-tur

12 may

Tottenxem - Arsenal

21-tur

11 may

Lester - Norvich

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring