Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

APL. Chempionlik poygasi qizigandan qizimoqda, «MYu»ning holiga voy

APL. Chempionlik poygasi qizigandan qizimoqda, «MYu»ning holiga voy

Angliya chempionatining 34-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Markaziy uchrashuvda «Arsenal» jamoasi o‘z uyida «Manchester Yunayted»ni qabul qildi. Bu o‘yin YeChL yo‘llanmasini hal qilishda muhim ahamiyatga ega edi, ammo mankunianliklar bunday imkoniyatdan foydalana olishmadi.

Shuningdek, «Manchester Siti» o‘z maydonida «Uotford»ni, «Liverpul» esa «Everton»ni ishonchli mag‘lubiyatga uchratib, chempionlik poygasidagi yurishlarini davom ettirishdi. «Tottenxem» safarda «Brentford»ga qarshi nursiz durang qayd etdi. Futbolga qaytgan Erikssendan londonliklarga alohida salom.

Bundan tashqari, yana bir muhim uchrashuvda, London derbisida «Chelsi» - «Vest Xem» o‘yini haqiqiy jangga aylanib ketdi. Tomonlar g‘alaba uchun bor kuchini ayamadilar. Hisob ham shunga yarasha bo‘lib borayotgandi, hatto «Chelsi» penaltini ura olmadi, urgani «Vest Xem» posboni yo‘l qo‘ymadi, qaytardi. Ammo so‘nggi daqiqalarda Tuxel shogirdlari baribir g‘alabani ilib ketdi.

APL, 34-tur natijalari

Arsenal - Manchester Yunayted - 3:1
Gollar: Tavaresh, 3 (1:0). Saka, 32 - penaltidan (2:0). Krishtianu Ronaldu, 34 (2:1). Jaka, 70 (3:1).
Urilmagan penalti: Brunu Fernandesh, 57 (ustun).
23 aprel. London. «Emireyts» stadioni.
Bosh hakam: Kreyg Pouson (London).

Lester - Aston Villa - 0:0
23 aprel. Lester. «King Pauer» stadioni.
Bosh hakam: Endi Medli (Xaddersfild).

Manchester Siti - Uotford - 5:1
Gollar: Jezus, 4 (1:0). Jezus, 23 (2:0). Kamara, 28 (2:1). Rodri, 34 (3:1). Jezus, 49 - penaltidan (4:1). Jezus, 53 (5:1).
23 aprel. Manchester. «Etixad» stadioni.
Bosh hakam: Kevin Frend (Lestershir).

Norvich - Nyukasl - 0:3
Gollar: Joelinton, 35 (0:1). Joelinton, 41 (0:2). Gimarayns, 49 (0:3).
23 aprel. Norij. «Kerrou Roud» stadioni.
Bosh hakam: Kris Kavana (Lankashir).

Brentford - Tottenxem - 0:0
23 aprel. Brentford. «Brentford Kommyuniti» stadioni.
Bosh hakam: Martin Atkinson (Lids).

Byornli - Vulverxempton - 1:0
Gol: Vidra, 62 (1:0).
24 aprel. Byornli. «Terf Mur» stadioni.
Bosh hakam: Entoni Teylor (Manchester).

Brayton - Sautgempton - 2:2
Gollar: Uelbek, 2 (1:0). Salisu, 44 - o‘z darvozasiga (2:0). Uord-Prouz, 45+4 (2:1). Uord-Prouz, 54 (2:2).
24 aprel. Brayton. «Ameks» stadioni.
Bosh hakam: Robert Jons (Chester).

Chelsi - Vest Xem - 1:0
Gol: Pulishich, 90 (1:0).
Urilmagan penalti: Jorjino, 87 (darvozabon).
24 aprel. London. «Stemford Brij» stadioni.
Bosh hakam: Maykl Oliver (Nortumberlend).

Liverpul - Everton - 2:0
Gollar: Robertson, 62 (1:0). Origi, 85 (2:0).
24 aprel. Liverpul. «Enfild» stadioni.
Bosh hakam: Styuart Atvell (Nunaton).

Kristal Pelas - Lids - 0:0
25 aprel. London. «Selxerst Park» stadioni.
Bosh hakam: Darren Inglend (Yorkshir).

Musobaqa jadvali

R  Jamoa O‘ G‘ D M T-n Ochko
1  Manchester Siti 33 25 5 3 80-21 80
2  Liverpul 33 24 7 2 85-22 79
3  Chelsi 32 19 8 5 67-27 65
4  Arsenal 33 19 3 11 52-40 60
5  Tottenxem 33 18 4 11 56-38 58
6  Manchester Yunayted 34 15 9 10 53-51 54
7  Vest Xem 34 15 7 12 52-44 52
8  Vulverxempton 33 15 4 14 33-29 49
9  Nyukasl 34 11 10 13 40-55 43
10  Lester 32 11 9 12 47-51 42
11  Brayton 34 9 14 11 31-42 41
12  Brentford 34 11 7 16 41-49 40
13  Sautgempton 34 9 13 12 40-56 40
14  Kristal Pelas 33 8 14 11 43-41 38
15  Aston Villa 32 11 4 17 42-46 37
16  Lids 33 8 10 15 38-68 34
17  Byornli 33 6 13 14 29-45 31
18  Everton 32 8 5 19 34-55 29
19  Uotford 33 6 4 23 31-67 22
20  Norvich 33 5 6 22 22-69 21

To‘purarlar (qavsda penaltidan urilgani)

22 ta
Muhammad Saloh (Liverpul, 5)

17 ta
Son Xyon Min (Tottenxem)

16 ta
Krishtianu Ronaldu (Manchester Yunayted, 2)

15 ta
Diogu Jota (Liverpul)

14 ta
Sadio Mane (Liverpul)

12 ta
Ayven Touni (Brentford, 5)
Xarri Keyn (Tottenxem, 2)

Avtogollar

Jamol Lassells (Nyukasl) - 2
Maykl Kin (Everton) - 2
Meyson Xolgeyt (Everton)
Yuray Kutska (Uotford)
Yoaxim Andersen (Kristal Pelas)
Yan Bednarek (Sautgempton)
Luka Milivoyevich (Kristal Pelas)
Eshli Yang (Aston Villa)
Muhammad Salisu (Sautgempton)
Kurt Zuma (Vest Xem)
Harri Maguayr (Manchester Yunayted)
Kucho Ernandes (Uotford)
Alvaro Fernandes (Brentford)
Ris Jeyms (Chelsi)
Xunior Firpo (Lids)
Jeymi Vardi (Lester)
Lyuka Din (Everton)
Fransisko Serralta (Uotford)
Fred (Manchester Yunayted)
Erik Dayer (Tottenxem)
Maks Aarons (Norvich)
Tim Krul (Norvich)
Serxi Kanos (Brentford)
Alisson (Liverpul)
Erik Beyi (Manchester Yunayted)
Ben Mi (Byornli).

Tur ramziy terma jamoasi (Xabar.uz talqini bo‘yicha)

Nik POUP (Byornli) – Endryu ROBERTSON (Liverpul), Pontus YaNSSON (Brentford) Liam KUPER (Lids) – Jeyms UORD-PROUZ (Sautgempton), Kevin DE BRYuYNE (Manchester Siti), Granit JAKA (Arsenal), Bruno GIMARAYNS (Nyukasl) – Gabriel JEZUS (Manchester Siti), JOELINTON (Nyukasl), Bukayo SAKA (Arsenal).

Tur qahramoni (Xabar.uz talqini bo‘yicha)

34-turning eng yaxshi futbolchisi sifatida «Manchester Siti» hujumchisi Gabriel Jezus topildi. U «Uotford»ga qarshi o‘yin naqd 4 ta gol kiritib, jamoasining yirik g‘alabasini ta’minladi. Ayniqsa, bu bugun bo‘lib o‘tadigan YeChL yarim final dastlab o‘yinida «Real»ga qarshi uchrashuv oldidan yaxshigina rag‘bat bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring