Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

APL va Angliya kubogi translyasiyasi Rossiya uchun to‘xtatiladi

APL va Angliya kubogi translyasiyasi Rossiya uchun to‘xtatiladi

Foto: «GoodFon»

Angliya Premer-ligasi hamda futbol ligasi rahbariyati 24 soat ichida musobaqalar translyasiyasini Rossiya uchun to‘xtatishga qaror qilishdi.

Yuristlar Ligalar rahbariyatiga Rambler Media bilan tuzilgan shartnomani bekor qilishga ruxsat berdi. Shartnoma yana uch oy amal qilishi kerak edi. Rossiyada APLni Okko servisi namoyish etayotgandi.

Ligalar, shuningdek, «Match TV» bilan ham aloqalarni uzishi kutilyapti. Ushbu kanal Rossiyada Angliya kubogi o‘yinlarini namoyish qilgan.

Yana bir xabar, FIFA legionerlarga Rossiya klublari bilan shartnomalarni bir tomonlama tartibda bekor qilish va yangi klublarga o‘tishga ruxsat berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring