Android qurilmalar uçun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş ×

«Arsenal» tarixiy natija qayd etdi

«Arsenal» tarixiy natija qayd etdi

Londonning «Arsenal» jamoasi Angliya premer-ligasining 18-turida «Lids» ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi va tarixiy natija qayd etdi. 

Kanonirlar «Everton» (7139) va «Liverpul»dan (7069) keyin Angliyaning yuqori ligasida 7000 dan ortiq gol urgan uchinchi klub bo‘ldi.

Ushbu o‘yindan keyin (4:1) Mikel Arteta shogirdlari 32 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi. Mavsumni yomon boshlagan to‘pchilar mavsum o‘rtasiga yaqinlashganda o‘nglanmoqdalar.

Uchinchi o‘rindagi «Chelsi»da 5 ochko ko‘proq va bitta zaxira o‘yini bor.

Izohlar

Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting

Kiriş

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring