Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev keyingi davra masalasini ijobiy hal qildi
Serbiyada o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining to‘rtinchi kuni vakillarimiz uchun yakuniga yetdi. Bokschimiz Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-67 kg) ham keyingi davra masalasini ijobiy hal qildi.
Ikkinchi davrada unga falastinlik Ahmed Harara raqiblik qildi. Mo‘ydinxo‘jayevning to‘liq ustunligida kechgan bahs yakunda hakamlarning ham bahosida aks etdi – 5:0.
Keyingi davrada Asadxo‘ja Moldova va Yaponiya vakillari o‘rtasidagi bahs g‘olibiga qarshi ringga ko‘tariladi.
Avvalroq hamyurtimiz Lazizbek Mullajonov (+92 kg) ilk jangini muvaffaqiyatli o‘tkazgani haqida xabar bergandik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter