Asila Mirzayorova Paralimpiya o‘yinlari rekordini o‘rnatdi
Para yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida T11 klassida uzunlikka sakrash bahsida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Asila Mirzayorova dastlabki urinishidayoq 5,22 metr natija qayd etib, ushbu yo‘nalishda Paralimpiya o‘yinlari rekordini o‘rnatdi.
Eslatib o‘tamiz, Asila Mirzayorova Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida 4.91 metr natija ko‘rsatgan holda 2-o‘rinni egallagan va kumush medalga sazovor bo‘lgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter