Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Atletiko» futbolchilari «Real»ga «chempionlik yo‘lagi»ni ochmoqchi emas

«Atletiko» futbolchilari «Real»ga «chempionlik yo‘lagi»ni ochmoqchi emas

«Atletiko» futbolchilari 8-maydagi (bizning vaqt bilan 9-mayga o‘tar kechasi soat 00:00 da «Vanda Metropolitano»da boshlanadi) Madrid derbisi avvalida «Real» uchun «chempionlik yo‘lagi» ochish niyatida emas, deb yozdi «Marca».

«Real»ning muddatidan avval chempionlikka erishgani sharafiga «faxriy yo‘lak» ochishga endilikda sobiq chempionga aylangan deyarli har bir atletikochi, qolaversa, «roxibankos»ning ko‘p ming sonli muxlislari qarshi.

Insayderlar xabariga ko‘ra, faqat bitta holatda atletikochilar hamshaharlarini g‘alaba bilan tabriklashlari mumkin — jamoa rahbariyati futbolchilarni shunga undasa.

«Chempionlik yo‘lagi» — ispan futbolidagi o‘ziga xos an’ana, muayyan turnirda muddatidan avval g‘alaba qozongan jamoani keyingi o‘yinlarda raqib jamoalar futbolchilari yashil maydonga kiraverishda ikki qator bo‘lib tizilib kutib olishadi va tabriklashadi. Biroq ashaddiy raqiblar, masalan, yuqoridagi Madrid derbisi yoki «Real» va «Barselona» o‘rtasidagi o‘yinlarda bu an’ana buzilishi odatiy holat.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring