Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ayaks» safarda raqibi darvozasiga javobsiz 13 ta gol kiritdi (video)

«Ayaks» safarda raqibi darvozasiga javobsiz 13 ta gol kiritdi (video)

Foto: «Football.ua»

Niderlandiya chempionatining oltinchi turida Amsterdamning «Ayaks» klubi safarda, «De Kul» stadionida mahalliy «Venlo» jamoasini qaqshatqich mag‘lubiyatga uchratdi — 13:0.

«Ayaks» safida 19 yoshli forvard Lasina Traore penta-trik (beshta gol) qayd etdi, Yurgen Ekkelenkamp va Klas-Yan Xuntelar ikkitadan, Dushan Tadich, Antoni, Deyli Blind va Lisandro Martineslar bittadan golga mualliflik qilishdi.

Traore, shuningdek, beshta goli yoniga uchta assist ham yozib qo‘ydi, Antoni esa ikkita.

Shuni ham ham ta’kidlash keraki, Xans de Koning («Venlo» bosh murabbiyi) jamoasi 51-daqiqada Kristian Kum qizil kartochka olganidan so‘ng maydonda kamchilik bo‘lib qolgandi.

Oxirgi besh o‘yinning to‘rttasida g‘alaba qozongan «Ayaks» 15 ochko bilan turnir jadvali peshqadamiga aylandi,  «Venlo» esa 5 ochko bilan 11-o‘rinda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring