Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ayntraxt» 11 yillik an’anani buzib tashladi

«Ayntraxt» 11 yillik an’anani buzib tashladi

Germaniyaning «Ayntraxt» jamoasi kecha Yevropa ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan va ushbu musobaqaning oxirgi 11 yillik an’anasini buzib tashlagan.

Gap shundaki, so‘nggi 11 yildan beri musobaqada Angliya yo Ispaniya klublari g‘olib bo‘layotgan edi. 2011 yildagi finalda portugalcha derbida «Portu» «Braga»ni mag‘lub etgandi.

«Ayntraxt» esa 1997 yildan beri UYeFA kubogi/Yevropa ligasi finalini yutgan ilk nemis jamoasiga aylangan. Undan oldingi olmon jamoasi «Shalke-04» finalda «Inter»ni penaltilar seriyasida yutgandi.

Shuningdek, bu mavsumda «Ayntraxt» biror marta mag‘lubiyatga uchramagan (7 ta g‘alaba, 6 ta durang). Bu natija bilan u «Chelsi» (2018-19 yilgi mavsum) va «Vilyarreal» (2020-2021 yilgi mavsum) jamoalaridan keyin uchinchi bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring