Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayollar spartakiadasining Toshkent shahar bosqichida «Ipoteka-bank» ayol-xodimalari faol ishtirok etdilar

Ayollar spartakiadasining Toshkent shahar bosqichida «Ipoteka-bank» ayol-xodimalari faol ishtirok etdilar

2020-yil 30-oktyabrda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni e’lon qilingan edi. Ushbu farmon ijrosi yuzasidan respublikamizning turli hududlarida sport musobaqalari uyushtirilmoqda. Ipoteka-bank xodimlari o‘rtasida ham sog‘lom turmush tarzi hamda ommaviy sport turlari muntazam ravishda targ‘ib etib kelinmoqda.

Xususan, Toshkent shahar kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tashabbusi bilan 27-martda «Sog‘lom ayol – sog‘lom jamiyat» shiori ostida o‘tkazilgan ayollar spartakiadasining Toshkent shahar bosqichida «Ipoteka-bank» ATIB ayol-xodimalari ham faol ishtirok etdilar. Musobaqada bank xodimalari yengil atletika, shashka, shaxmat, stol tennisi, voleybol, stritbol turlari bo‘yicha bellashdilar. Eng qiziqarli sport turlaridan biri «Darts», «Stritbol» sport turlari bo‘yicha Ipoteka-bank ayollari peshqadamlikni qo‘ldan bermay faxrli o‘rinlarni egalladilar.

Ishxonalarda xodimlar o‘rtasida, ayniqsa, yoshlar va ayollar o‘rtasida sportning turli shakllarini keng targ‘ib qilish, xodimlar salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Zero, sog‘ tanda sog‘lom aql deydilar.

«Sport odamga salomatlik bilan bir qatorda yaxshi kayfiyat, jo‘shqinlik baxsh etadi. Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz. Siz-chi?» — deydi Ipoteka-bank Bank apparati Ijro intizomi bo‘limi bosh mutaxassisi Lola Ganiyeva.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring