Aziz Abduhakimovga «muammoli» federatsiya topshirildi
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining yangi raisi etib saylandi.
Bunga qadar federatsiya raisi lavozimini prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Dmitriy Li egallab turgandi.
So‘nggi vaqtlarda shaxmat federeratsiyasi atrofida gap-so‘zlar tinmayotgandi. O‘zbekiston o‘zining eng iqtidorli va mohir shaxmatchilarini yo‘qotayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Xususan, Gulruhbegim Tohirjonova AQSh nomidan xalqaro musobaqalarda qatnashayotgan bo‘lsa, uning opalari — O‘zbekiston tarixida ayollar o‘rtasida birinchi xalqaro grossmeyster maqomini olgan Nafisa Mo‘minova va Hulkar Tohirjonovalar terma jamoadan chetlatilgan.
Federatsiyani yana bir iqtidor egasi, turli yosh toifalarida 6 karra jahon chempioni Javohir Sindorov tark etishi mumkinligini aytgandi.
Javohirning aytishicha, xuddi shunday muammolar sabab kuchli shaxmatchi va grossmeysterlar — Temur Gareyev, Anton Filippov (Filippov federatsiya e’tiborsizligi sabab Qozog‘istonga ketgan), Temur Ko‘ybakorov va boshqalar o‘z federatsiyasini almashtirishga majbur bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter