Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Azizbek Haydarov rahbarlik lavozimiga tayinlandi

Azizbek Haydarov rahbarlik lavozimiga tayinlandi

«O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi, «Bunyodkor» prezidenti, O‘FA Ijroiya qo‘mitasi a’zosi Mehriddin Abdullayev «Bunyodkor»ning faoliyatini yanada rivojlantirish borasida tegishli mas’ul mutaxassislarga navbatdagi topshiriqlarni berdi.

Yig‘ilishda futbol klubi prezidenti ayniqsa, «Bunyodkor»ning bugungi kundagi yosh futbolchilarni tayyorlash tizimini tanqid ostiga oldi.

«Natijada, «Bunyodkor» futbol klubi prezidenti tomonidan tashkiliy masala ko‘rildi hamda 27 iyun kuni «Bunyodkor» futbol akademiyasiga yangi direktor tayinlandi. Ushbu lavozimga yurtimiz futbolidagi ko‘zga ko‘ringan vakillardan bo‘lmish Azizbek Haydarov loyiq topildi. O‘z vaqtida «qaldirg‘ochlar» safida uzoq yillar davomida to‘p tepgan Haydarov endilikda «Bunyodkor» FKda mahoratli futbolchilarni tayyorlash tizimida faoliyat olib boradi», - deyiladi futbol klubi matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Haydarov bir yil avval O‘FA Terma jamoalar bo‘limi boshlig‘i lavozimini tark etgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring