Bahodir Jalolov amerikalik bokschini nokautga uchratdi

Hamyurtimiz Bahodir Jalolov bugun professional boksdagi beshinchi jangini o‘tkazdi. AQShning Kaliforniya shtatida kechgan bahsda vakilimiz o‘z ustunligini namoyish qilib, yakunda g‘alabani tantana qildi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Amerikalik Uilli Xarveyga qarshi ringga ko‘tarilgan Bahodir jang to‘liq yakuniga yetmasdan raqibini nokautga uchratdi. Ta’kidlash joiz, jang sanasiga bir necha kun qolganda raqib o‘zgargan edi.
Shu tariqa Jalolov o‘zining beshinchi jangini ham muddatidan avval yakunlab, super og‘ir vazn toifasining reytingida yanada yuqori pog‘onaga ko‘tariladigan bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter