Bahodir Jalolov Aleksandr Usikka: «Ertagayoq ringga chiqqan bo‘lar edim»

Og‘ir vazn toifasida o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida ukrainalik bokschi Aleksandr Usik bilan ko‘rishdi.
Jalolov agar hammasi o‘zining qo‘lida bo‘lganida ertagayoq Usik bilan jang qilishi mumkinligini aytdi:
«Butun O‘zbekiston bu jangni kutayotganini his qilib turibman, agar hammasi menga bog‘liq bo‘lganida, ertagayoq ringga chiqqan bo‘lar edim. Biz butun dunyoga haqiqiy klassik boks namoyish etar edik. Omad senga chempion!», — deya Usikga murojaat qildi Bahodir Jalolov.
Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov 17 noyabr kuni Toshkentda JAR vakili Kris Tompson bilan jang qiladi.
Aleksandr Usik WBA Super, IBF, WBO va IBO kamarlari sohibi hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter