Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bahodir Jalolov dahshatli nokaut qayd etdi! (video)

Bahodir Jalolov dahshatli nokaut qayd etdi! (video)

Bugun, 11 iyun tongida hamyurtimiz Bahodir Jalolov (10-0-10) Nyu-Yorkda tashkil etilgan profboks kechasining markaziy jangida ringga ko‘tarildi.

Unga bu safar profringdagi ancha jiddiy raqib – kongolik Jek Mulovey (11 jang, 7 nokaut) qarshilik ko‘rsatdi.

Bahodir dastlabki raunddan tashabbusni o‘z qo‘liga oldi va ikkinchi raundga kelib ketma-ket aniq zarbalari bilan raqibini qiyin ahvolga sola boshladi. Oltinchi raund so‘ngida raqib ringga quladi, nokdaun. Jangning so‘nggi – sakkizinchi raundida Jalolovning chap qo‘ldan bergan dahshatli zarbasi Jek Muloveyni chuqur nokautga uchratdi.

Shu tarzda "BIG UZBEK" (Jalolovning ringdagi taxallusi) profringdagi 11-jangini ham nokaut bilan yakunladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring