Bahodir Jalolov jangsiz JCh finaliga chiqdi

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida Bahodir Jalolov muddatidan avval finalga chiqdi.
Uning yarim finaldagi raqibi ispaniyalik Ayub Gadafa Drissi jarohat sabab kurashdan chiqdi va vakilimiz avtomatik tarzda finalga yo‘l oldi.
Eslatib o‘tamiz, Bahodir avvalgi jangini azaliy raqibiga qarshi o‘tkazib, uni mag‘lub etgandi.
Avvalroq bugun bo‘lib o‘tadigan janglar vaqtini ma’lum qilgan edik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter