Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bahodir Jalolov jiddiyroq raqibga qarshi ringga chiqadi

Bahodir Jalolov jiddiyroq raqibga qarshi ringga chiqadi

Professional boksning og‘ir vazn toifasida faoliyatini davom ettirayotgan hamyurtimiz Bahodir Jalolov (10-0, 10 KO) o‘zining navbatdagi jangini 10 iyun kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahrida o‘tkazadi.

Probellum kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan boks oqshomida Jalolovga belgiyalik Jek Mulovayi (11-2-1, 7KO) raqiblik qiladi. Ushbu oqshom «Show Time» kanali orqali translatsiya qilinadi va Jalolov ishtirokidagi bahs markaziy jang bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jalolov 18 mart kuni Kamil Sokolovskini 5-raundda muddatidan oldin mag‘lub etgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring