Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bahodir Jalolov raqibini nokautga uchratdi

Bahodir Jalolov raqibini nokautga uchratdi

Profboksning og‘ir vazn toifasida jang qilayotgan Bahodir Jalolov (10-0, 10 KO) o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Dubayda tashkil etilgan jang oqshomida Bahodirga polshalik Kamil Sokolovski (11-26, 4 KO) raqiblik qildi.

Jang 5-raundda nihoyasiga yetdi. Bahodirning kuchli zarbasidan raqib yiqildi, so‘ng referi jangni to‘xtatdi.

Shu tariqa Jalolov profboksdagi 10-jangida 10-nokautni qayd etgan holda g‘alabani nishonladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring