Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bahodir Jalolov va Shahram G‘iyosovning boks qo‘lqoplari 50 million so‘mga sotildi

Bahodir Jalolov va Shahram G‘iyosovning boks qo‘lqoplari 50 million so‘mga sotildi

Bahodir Jalolov va Shahram G‘iyosovlarning imzolangan boks qo‘lqoplarini kimoshdi savdosiga qo‘yilgan edi.

Jurnalist Abror Zohidovning ma’lum qilishicha, kurash asosan uch kishi o‘rtasida kechgan: Toshkent viloyatidan Sarvar Kabirov o‘z hamkasblari bilan, jurnalist va huquqshunos Botirjon Shermuhammad va Chikagoda yashovchi metsenat hamyurtimiz Akmaljon Jumaboyev.

Yakunda Akmaljon Jumaboyev 50 mln so‘m taklif qilib, savdoga uzil-kesil nuqta qo‘ygan.

«AQShda yashovchi do‘stimiz shu tarzda ko‘rgazmalar va kimoshdi savdolarimiz tarixida absolyut rekord qo‘ydi. Oldingi 45 mln so‘mlik rekord BMB xoldingi asoschisi Bekzod Mamatqulov tomonidan o‘rnatilgan edi», qayd etdi Abror Zohidov.

Eslatib o‘tamiz, kimoshdi savdosidan tushgan pullarning salmoqli qismi xorijda murakkab operatsiya uchun pul yig‘ilayotgan 13 yoshli Nuraziz Saidov uchun sarflanadi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring