Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bahodir Jalolovning jangi bekor bo‘ldi

Bahodir Jalolovning jangi bekor bo‘ldi

Ikki haftadan so‘ng, 17 fevral kuni Saudiya Arabistonida katta boks oqshomi tashkil etilishi kerak edi.

Kechaning markaziy to‘qnashuvi Aleksandr Usik va Tayson Fyuri o‘rtasida kechishi rejalashtirilgandi.

Lekin Tayson Fyurining jarohati sabab ushbu jang qoldirildi. Tashkilotchilar Usik uchun boshqa raqib topish orqali mazkur oqshomni o‘tkazishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq bunday bo‘lmadi. 17 fevral kungi boks kechasi o‘tkazilmaydigan bo‘ldi.

O‘z-o‘zidan mazkur kechada ringga ko‘tarilishi lozim bo‘lgan hamyurtimiz Bahodir Jalolov ham endi Dilan Prashovichga qarshi jang qilmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring