«Barselona» 38 yillik rekordni takrorladi

Kataloniyaning «Barselona» klubi Ispaniya chempionatining 31-turida Messining uchta goli evaziga «Leganes»ni mag‘lub etdi (3:1).
Ushbu g‘alaba bilan Kataloniya klubi Ispaniya chempionatidagi mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha rekordni takrorladi. «Barselona» ketma-ket 38ta o‘yindan buyon (7ta o‘tgan mavsum, 31ta bu mavsum) yutqazmayapti.

1979-1980-yilgi mavsumda «Real Sosedad» 38ta o‘yinda mag‘lubiyat nimaligini bilmay, rekord qayd etgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter