Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Barselona» Grizmanni sotib olish uchun pulni qayerdan olgani oshkor qilindi

«Barselona» Grizmanni sotib olish uchun pulni qayerdan olgani oshkor qilindi

Foto: «Google.com»

«Barselona» prezidenti Jozep Bartomeu «Atletiko»dan Antuan Grizmanni sotib olish uchun pulni qayerdan olganini ma’lum qildi.

«Bu ancha murakkab transfer bo‘ldi. Oxir-oqibat biz 35 million yevro kredit so‘rashga majbur bo‘ldik va bu pulni 6 oy davomida to‘lashimiz kerak.

Yana 85 million yevroni futbolchilarni sotish orqali topdik», — deydi Bartomeu.

Eslatib o‘tamiz, transfer amalga oshishidan avval «Barselona» Grizmanni sotib olish uchun mablag‘ topishda muammolarga duch kelayotgani xabar qilingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring