Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Barselona «klassiko»ga tayyorlanmoqda (video)

Barselona «klassiko»ga tayyorlanmoqda (video)

Skrinshot

Bu shunchaki o‘yinmas. Namoyishlar sabab kechiktirilgan «Barselona» va «Real Madrid» o‘rtasidagi «klassiko» Kataloniya poytaxtini chin ma’noda qal’aga aylantirdi, deb xabar berdi «Euronews».

Bu kech Kataloniya ozodligi tarafdorlari «Kamp Nou»ni qurshab olib, ovozlari stadion shovqinini bosib ketishi uchun bor hunarlarini ishga solishga bel bog‘lashgan. O‘yin arafasida va o‘yin chog‘i 3000 nafar politsiyachi stadionni qo‘riqlaydi.

Jamoalar va hakamlar yaxshi qo‘riqlanayotgan bitta mehmonxonadan stadionga yo‘l olishadi. Mehmonxonadan «Kamp Nou»ga eltuvchi ko‘chalar bekitib qo‘yilgan.

«Odamlar nima haqida gapirishayotganidan xabardormiz. Ammo bizni hammadan ko‘proq o‘yin tashvishlantiryapti. Boshqa narsa haqida o‘ylamayapmiz. Mana shu 90 daqiqada butun diqqatimizni biz o‘zimizni ko‘rsatishimiz kerak bo‘lgan maydonga qaratamiz», — dedi «Barselona» bosh murabbiyi Ernesto Valverde.

La Ligada o‘tgan 16 turdan so‘ng «Barselona» va «Real» 35 ochkodan to‘plab, turnir jadvalida qo‘shhokimlik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz: «El klasiko» 18-dekabrdan 19-dekabrga o‘tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring