«Barselona» «Real»ni yengib, chempionlikni deyarli hal qildi

Ispaniya La Ligasining joriy mavsumi tugashiga uch tur qolganida «Barselona» chempionlik masalasini deyarli hal qildi. Azaliy raqib va turnir jadvalidagi eng yaqin ta’qibchi — «Real Madrid» Kataloniyada 4:3 hisobida mag‘lub etildi.
Kilian Mbappe 5-daqiqada penaltidan hisobni ochdi. U 14-daqiqada yana gol kiritib, jamoasining ustunligini oshirdi. Ammo kataloniyaliklar tezda o‘zlariga kelishdi — tanaffusga qadar madridliklar darvozasiga Erik Garsiya va Lamin Yamal bittadan, Rafinya ikkita gol yo‘lladi. Ikkinchi taymdagi yagona gol esa Mbappe hisobiga yozildi — het-trik.
Ispaniya chempionati turnir jadvalida «Barselona» 82 ochko to‘plab, 1-o‘rinnni mustahkam egallab turibdi. «Real» 75 ochko bilan 2-o‘rinda. Uchinchi o‘rindagi «Atletiko» hisobida 70 ochko bor.
Chempionatdagi navbatdagi o‘yinni «Barselona» «Espanol»ga qarshi, «Real» «Malorka»ga qarshi o‘tkazadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter