Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Barselona» «Real»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

«Barselona» «Real»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Ispaniya La Ligasi doirasida kechgan navbatdagi «El-Klasiko» Xavi jamoasining benefisiga aylanib ketdi.

«Santyago Bernabeu»da muxlislarining ko‘z o‘ngida «Real» azaliy raqibiga qarshilik ko‘rsata olmadi va katta hisobda yutqazib qo‘ydi.

Butun o‘yin davomida ustunlik qilgan «Barselona» Per-Emerik Obameyangning dubli, Arauxo va Ferran Torresning bittadan goli evaziga g‘alaba qozondi.

Real Madrid – Barselona 0:4

Gollar: 0:1 – 29 Obameyang, 0:2 – 38 Arauxo, 0:3 – 47 Ferran Torres, 0:4 – 51 Obameyang.

Real Madrid – Kurtua, Karvaxal (Mariano Dias, 46), Alaba, Militao, Nacho (Vaskes, 63), Modrich, Kroos (Kamavinga, 46), Kazemiro, Valverde, Rodrigo (Asensio, 63), Vinisius Junior.

Barselona – ter Stegen, Arauxo, Pike, Erik Garsiya, Alba (Dani Alves, 86), Buskets, de Yong (Gavi, 71), Pedri (Niko Gonsales, 86), Obameyang (Depay, 71), Dembele (Traore, 80), Ferran Torres.

Ogohlantirishlar: Kroos (22), de Yong (26), Buskets (31), Modrich (63), Alba (74).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring