Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Barselona» superkambek qilib, «Atletiko»dan g‘alabani tortib oldi

«Barselona» superkambek qilib, «Atletiko»dan g‘alabani tortib oldi

Foto: Sports.ru

Ispaniya chempionati (La Liga) 28-turining markaziy o‘yinida Madridda «Atletiko» «Barselona»ni qabul qildi.

Bu o‘yinda kataloniyaliklarning hujumkor o‘yini madridliklarning tosh-metin himoyasidan ustun kelganiga guvoh bo‘ldik. «Atletiko» Alvares va Syorlottning gollari hisobiga oldinga chiqib olgan, madridliklar uchun g‘alaba deyarli bir naqd bo‘lib turgan bir pallada, 72-daqiqada Levandovski individual mahorati bilan gol kiritib oradagi farqni qisqartirdi. 78-daqiqada Ferran Torres hisobni tenglashtirdi. 90+2-daqiqada Lamin Yamal katta sahnaga chiqib jamoasining g‘alaba golini urdi. 90+8-daqiqada esa Ferran o‘z dublini rasmiylashtirib, o‘yinga katta nuqta qo‘ydi — 4:2.

Muhim g‘alabadan so‘ng «Barselona» 60 ochko va zaxiradagi bir o‘yini bilan peshqadamga aylanib oldi. «Real»da ham 60 ochko bor, «Atletiko» esa 56 ochko bilan 3-o‘rinda qoldi.

La Liga. 28-tur.

Atletiko – Barselona 2:4

Gollar: Alvares (45), Syorlot (72) — Levandovski (72), Torres (78, 90+8), Yamal (90+2)

Atletiko: Oblak, Liorente, Le Norman, Lengle, Mandava, Simeone (Himenes, 79), De Paul (Molina, 79), Barrios, Lino (Gallaher, 60), Grizmann (Rikelme, 87), Alvares (Syorlot, 60).

Barselona: Shesni, Kunde (Arauxo, 86), Kubarsi, Martines, Balde (Martin, 86), Kasado (Garsiya, 67), Olmo (Ferran, 67), Pedri (Gavi, 90+4), Yamal, Levandovski, Rafinya.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring