Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Barselona» tarixiy antirekord qayd etdi

«Barselona» tarixiy antirekord qayd etdi

Ispaniyaning «Barselona» jamoasi o‘zining 122 yillik tarixida ilk marta uy o‘yinlarida yutqazish bo‘yicha antirekord qayd etgan.

Kataloniyaliklar la-liganing qoldirilgan 21-turidagi «Rayo Valekano»ga qarshi o‘yinda kichik hisobda mag‘lubiyatga uchragan. Bu «Kamp Nou»dagi ketma-ket uchinchi mag‘lubiyatdir.

Bungacha «Barselona» o‘z uyida Yevropa ligasi doirasida «Aytraxt»ga (2:3) va primerada «Kadis»ga (0:1) yutqazib qo‘ygan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring