Bernal «Tur de Frans»ning 110 yillik rekordini yangiladi
Kolumbiyalik velopoygachi Egan Bernal («Ineos» jamoasi) «Tur de Frans»ning ko‘p kunlik shosse velopoygalari asosiy bosqichida so‘nggi 110 yilda g‘olib chiqqan eng yosh sportchiga aylandi. G‘alabani nishonlagan kuni u 22 yosh va 196 kunni qarshi olgandi.
Bernal belgilangan masofani 82 soat-u 57 daqiqada ortda qoldirib, faoliyatida ilk marotaba «Tur de Frans»da g‘alaba qozondi. U shuningdek ushbu musobaqalarda ilk marotaba zafar quchgan ilk kolumbiyalik va janubiy amerikalikdir.
2019-yilda yana bir janubiy amerikalik — Ekvador vakili Richard Karapas («Movistar» jamoasi) boshqa bir ko‘p kunlik velopoyga — «Jiro d’Italiya»da g‘olib bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter