Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir necha soatdan keyin YeChL: «Liverpul» – «Real», «Manchester Siti» – «Borussiya D»

Bir necha soatdan keyin YeChL: «Liverpul» – «Real», «Manchester Siti» – «Borussiya D»

Bugun, 6 aprel kechasi Yevropa Chempionlar ligasida chorak final bahslarining dastlabki ikki uchrashuvi o‘tkaziladi.

Unda «Real» – «Liverpul» hamda «Manchester Siti» – «Borussiya D» jamoalari o‘zaro bahs olib borishadi. O‘yinlar Toshkent vaqti bilan soat 00:00da start oladi.

«Liverpul» ham, «Real» ham bu bahsga markaziy himoyadagi muammolar bilan yetib keldi. Angliya jamoasi jarohatlar sabab asosiy markaziy himoyachilarisiz qolib ketganiga ancha vaqt bo‘lgan bo‘lsa, «Real» o‘tgan haftada Ramosni, bugun esa Varanni yo‘qotdi. Ammo jamoalarning yarim himoyasi va hujumida muammo yo‘q, hatto bu chiziqlar optimal holatda desa ham bo‘ladi.

«Liverpul» bu bahsda 2018 yil finalidagi mag‘lubiyat alamini olishga urinib ko‘radi.

«Manchester Siti» – «Borussiya D» juftligida shaharliklar favorit sifatida qayd etilmoqda. Ayniqsa ushbu mavsumda «Siti» juda barqaror o‘yinlar ko‘rsatmoqda. Ammo Gvardiola jamoalari tezkor va qarshi hujumga tayanib o‘ynaydigan jamoalarga qarshi qiyinchiliklarga uchrab turadi. Nemis jamoasi aynan shunday klub va uning tarkibida porlab chiqayotgan yulduz – Erling Holand bor.

Oldinda shunday qiziqarli qarama-qarshiliklar kutmoqda bizni.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring