Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boks bo‘yicha JCh g‘oliblariga qanchadan pul berilishi ma’lum bo‘ldi

Boks bo‘yicha JCh g‘oliblariga qanchadan pul berilishi ma’lum bo‘ldi

Shu yilning 26 oktyabr – 6 noyabr kunlari Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xalqaro boks federatsiyasi (AIBA) Serbiyada o‘tkaziladigan kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatining mukofot jamg‘armasini e’lon qildi.

Tashkilot jahon chempionatining sovrin jamg‘armasi uchun 2,6 million dollar ajratgan. Unga ko‘ra sovrindorlar quyidagicha pul mukofotlariga ega bo‘lishadi:

  • Oltin medal: 100 ming AQSh dollari,
  • Kumush medal: 50 ming AQSh dollari,
  • Bronza medal: 25 ming AQSh dollari.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring