Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boksda siyosiy urush avj olmoqda — IBA AQShning do‘stlarini tashkilotdan haydadi

Boksda siyosiy urush avj olmoqda — IBA AQShning do‘stlarini tashkilotdan haydadi

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) atrofida bir necha oydan beri siyosiy kurash kechmoqda.

IBAga rossiyalik Umar Kremlyov boshchilik qiladi va rossiyaliklarga barcha musobaqalarda o‘z bayrog‘i va madhiyasi bilan qatnashishiga ruxsat bergan.

Bu holat AQSh va Yevropaning aksar mamlakatlariga yoqmadi: ular birinchi navbatda jahon chempionatlarini boykot qilishdi, keyin esa sensatsion ravishda IBAni tark etishdi va o‘zlarining boks tashkilotini yaratishni e’lon qilishdi. Amerikaliklarga qo‘shilib 12 davlat birdaniga IBA boshchiligidagi turnirlarga boykot e’lon qilishdi, bu jahon chempionatlariga jiddiy zarba bo‘ldi.

Kremlyov va uning jamoasi bunga javob qaytarishga qaror qilishdi. Xalqaro boks assotsiatsiyasi birdaniga yetti davlat: Germaniya, Shvetsiya, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Chexiya, Liberiya va Ekvatorial Gvineyaning a’zoligini to‘xtatdi.

«Ushbu milliy federatsiyalar IBA nizomini buzilganligi sabab a’zolikdan chiqarildi», deyiladi Xalqaro boks assotsiatsiyasining rasmiy saytidagi bayonotda.

Qo‘shimcha qilinishicha, IBA a’zoligidan chiqarilgan mamlakatlar sportchilari barcha musobaqalarda ishtirok etishda davom etishlari mumkin, faqat neytral bayroq ostida qatnasha oladilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring