Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

 «Bu sharmandalik. Hakam menga: kechirasan, xato qildim dedi» — De Ligt

 «Bu sharmandalik. Hakam menga: kechirasan, xato qildim dedi» — De Ligt

«Bavariya» markaziy himoyachisi Mattiys de Ligt Chempionlar ligasi yarim finalining «Real»ga qarshi javob o‘yinidagi mag‘lubiyatdan so‘ng (1:2) hakamlarni tanqid qildi.

«Hakamlar har doim «Real Madrid» tomonida demoqchi emasman, ammo bugun aynan shu narsa muhim rol o‘ynadi. Ular o‘yin natijasini hal qilishdi. Laynsmen menga: «Kechirasan, men xato qildim», dedi. Bu sharmandalik», — deya de Ligt so‘zlaridan iqtibos keltiradi beIN Sports.

Eslatib o‘tamiz, o‘yin yakunida qanot hakami Tomas Listkevich «Bavariya»ning hujumi yakuniga yetmasidan ofsaydga ishora qilgan va bosh hakam Shimon Marshinyak hushtak chalgan edi. Hushtak yangragan vaqtda myunxenliklar himoyachisi Matteys de Ligt «Real» darvozasiga gol urgandi.

Eslatib o‘tamiz, «Bavariya» umumiy hisobda mag‘lub bo‘lib (3:4) Chempionlar ligasidan chiqib ketdi. Turnir finalida Madridning «Real» klubi Dortmundning «Borussiya» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 1 iyun kuni Londondagi «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring