Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Yevro-2024 bahslariga start beriladi (infografika)

Bugun Yevro-2024 bahslariga start beriladi (infografika)

Bugun, 14-iyun Germaniyada futbol bo‘yicha XVII Yevropa chempionati start oladi. Musobaqada jami 24 jamoa g‘oliblik uchun kurashadi.

A guruhidan o‘rin olgan Germaniya va Shotlandiya o‘rtasidagi ochilish o‘yini soat 21:00 da (bizning vaqt bilan 23:59 da) boshlanadi.

«Myunxen Arena»dagi o‘yinni FIFA referisi — fransiyalik Kleman Tyurpen boshqaradi (UEFA reklama huquqining to‘liq egasi bo‘lgani uchun «Alyans Arena» boshqa stadionlarning nomlaridan foydalanilmaydi, stadion nomiga shahar nomi qo‘shib ishlatiladi).

Ushbu guruhdagi ikkinchi o‘yin Vengriya va Shveysariya o‘rtasida 15-iyun kuni soat 20:00 da (bizning vaqt bilan) boshlanadi.

Yevro-2024 o‘yinlari to‘liq taqvimi quyidagi infografikada.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring