Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun JCh-2022 saralashi uchun qur’a tashlanadi. O‘zbekiston kim bilan tushishi mumkin?

Bugun JCh-2022 saralashi uchun qur’a tashlanadi. O‘zbekiston kim bilan tushishi mumkin?

Foto: O‘FA matbuot xizmati

Bugun, 17 iyul sanasida jahon chempionati uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Marosim Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida o‘tkaziladi.

Toshkent vaqti bilan soat 14:00da boshlanadigan marosimda O‘zbekiston milliy terma jamoasining raqiblari ham aniqlanadi. Umumiy hisobda 40 jamoa bo‘lib, ular beshta savatchaga bo‘lib chiqilgan.
Savatchadagi jamoalar bir-biriga raqib bo‘lishi mumkin emas. Qur’a natijalariga ko‘ra yakunda har birida beshtadan jamoa bo‘lgan sakkizta guruh shakllantiriladi. O‘zbekiston milliy jamoasi ikkinchi savatchada Suriya, Livan, Qirg‘iziston, Ummon, Iordaniya, Iroq va Vetnam bilan birga o‘rin olgan.

Saralash bahslari yakunida guruhda 1-o‘rinni band etadigan 8 ta terma jamoa va 2-o‘rin sohiblari ichidagi eng yaxshi natijaga ega yana 4 ta terma jamoa Osiyo kubogi-2023 final bosqichiga yo‘l olish bilan birgalikda Jahon chempionati-2022 saralashining ham yakuniy hal qiluvchi bosqichi yo‘llanmasini rasmiylashtiradi.

Saralash bahslarining ushbu bosqichi joriy yilning 5 sentyabrida boshlanadi va 2020 yilning 9 iyuniga qadar davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring