Bugun “Nasaf” BAA, “Navbahor” va OKMK Eron jamoalariga qarshi o‘ynaydi
6 noyabr kuni futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Bugun O‘zbekistonning 3 ta jamoasi – “Nasaf”, “Navbahor” va OKMK klublari maydonga tushadi.
Qarshiliklar o‘z maydonida Birlashgan Arab Amirligining “Sharja” jamoasini qabul qilsa, “Navbahor” va OKMK Eronning “Nassaji Mozandaron” hamda “Sepaxon”ga jamoalariga qarshi o‘ynashadi.
4-tur oldidan “Nasaf” va “Navbahor” yaxshi imkoniyat hosil qilgan. Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari ayni paytgacha o‘tkazilgan 3 ta o‘yindan 6 ochko, Samvel Babayan murabbiylik qilayotgan “Navbahor” esa 7 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. Har ikki klubimiz o‘z guruhlariida 2-o‘rinda bormoqda. Shu o‘rinda namanganliklar hali OChLda doirasida uchrashuvlarda mag‘lubiyatga uchramaganini ta’kidlab o‘tish kerak.
Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi OKMK jamoasining holatiga esa havas qilib bo‘lmaydi. “S” guruhida to‘p surayotgan olmaliqlar hozirga qadar o‘tkazilgan bahslarda 1 ochkoni ham qo‘lga kirita olishmagan. Biroq hali nazariy jihatdan “konchilar”da hamon guruhdan chiqish uchun imkoniyat mavjud, ammo OKMK so‘nggi turlarda g‘alaba qozongan taqdirda ham ularning guruhdan chiqish-chiqmasligi raqiblarining natijalariga bog‘liq bo‘lib qolaveradi.
Eslatib o‘tamiz, “Nasaf” – “Sharja” va “Nassaji Mozandaron” – “Navbahor” bahslari Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start olsa, “Sepaxon” - OKMK o‘yini 23:00 da boshlanadi. “Nasaf” va OKMK ishtirokidagi o‘yin “Sport”, “Navbahor” ishtirokidagi uchrashuv esa “Mahalla” telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter