Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun «Olimpiya kuni» tadbirlari doirasida virtual yugurish musobaqasi o‘tkazilmoqda

Bugun «Olimpiya kuni» tadbirlari doirasida virtual yugurish musobaqasi o‘tkazilmoqda

23 iyun butun dunyoda «Olimpiya kuni» sifatida keng nishonlanadi. Ushbu sana munosabati bilan mamlakatimizda ham bir qator tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Jumladan, 18 iyun kuni barcha xohlovchilar uchun «Olympic Day» virtual yugurish musobaqasi o‘tkaziladi. Unda atigi 1 (bir) kilometr masofani yugurib o‘ting hamda 1 000 000 so‘m mukofotni yutib olish imkoniga ega bo‘ling. Virtual yugurish musobaqasida qatnashish vaqtini o‘zingiz tanlaysiz. Bunda, albatta, karantin choralariga rioya qilgan holda yugurish talab etiladi.

Musobaqada 8 yoshdan katta bo‘lgan istalgan qatnashchi ishtirok etishi mumkin. Buning uchun ushbu sahifa orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz talab etiladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring