Bugun o‘zbek xokkeyi uchun tarixiy kun — birinchi marta jahon chempionatida o‘ynaymiz

Bugun xokkey bo‘yicha O‘zbekiston U-18 terma jamoasi o‘z tarixida birinchi bor jahon chempionatidagi o‘yinini o‘tkazadi. Tailandda tashkil etilayotgan III divizionning «B» guruhidagi bahslarda yoshlarimizning ilk raqibi — Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoasi.
Yosh xokkeychilarimiz musobaqada 1-o‘rinni olishsa, kelasi yil III divizionning «A» guruhida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Jamoamizning musobaqadagi o‘yinlari quyidagicha:
28-fevral: O‘zbekiston – JAR (14:30)
1-mart: Lyuksemburg – O‘zbekiston (14:30)
3-mart: Turkmaniston – O‘zbekiston (14:30)
4-mart: O‘zbekiston – Bosniya va Gersegovina (11:00)
6-mart: Tailand – O‘zbekiston (18:00)
O‘yinlar Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter