Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun O‘zbekiston Braziliyaga qarshi o‘ynaydi. Uchrashuv jonli namoyish qilinadi

Bugun O‘zbekiston Braziliyaga qarshi o‘ynaydi. Uchrashuv jonli namoyish qilinadi

Bugun futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Braziliya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

Braziliyaning Karlos-Barboza shahrida tashkil etiladigan mazkur o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlanadi va «Sport» telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Bahodir Ahmedov shogirdlari ertaga ham Braziliyaga qarshi ikkinchi bahsini o‘tkazishadi.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi futzal bo‘yicha 5 karra jahon chempioni hisoblanadi. Oxirgi JChda ular 3-o‘rinni qo‘lga kiritgandi. O‘zbekiston futzalchilari esa o‘sha turnirda ilk bor pley-offga chiqqandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring