Bugun O‘zbekiston MTJ Eronga qarshi o‘ynaydi. «Sport» telekanali uni jonli efirda namoyish etadi
Bugun, 19-may kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Tehrondagi «Ozodiy» stadionida Eron terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.
Bilasiz, Karlos Keyrush jamoasiga qarshi kechadigan o‘yinda terma jamoamiz legionerlar xizmatidan foydalanmaydi. Tehronga faqat milliy chempionatimizda to‘p surayotgan futbolchilar olib ketilgan.
JCh-2018 ishtirokchisi hisoblangan forslarga qarshi uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:15 da boshlanadi.
O‘yin «Sport» telekanali orqali jonli efirda namoyish etilishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter