Bugun qur’a. YeChL chorak finalida kim-kimga raqib bo‘ladi?

Yevropa chempionlar ligasi chorak finaliga bugun, 16-mart kuni soat 16:00da qur’a tashlanadi.
Musobaqani Bavariya (Germaniya), Barselona (Ispaniya), Liverpul (Angliya), Manchester Siti (Angliya), Real (Madrid, Ispaniya), Roma (Italiya), Sevilya (Ispaniya), Yuventus (Italiya) davom ettirishadi.
Ko‘rib turganingizdek, bu bosqichda Ispaniyaning 3 ta, Angliya va Italiyadan 2 tadan va Germaniyaning 1 ta jamoasi ishtirok etadi.
Bugungi qur’ada jamoalar hech qanday savatchalarga ajratilmaydi. Shuning uchun bir mamlakat klublari o‘zaro to‘qnash kelishi ham mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter