Bugun yozgi Paralimpiya o‘yinlarida 3 nafar o‘zbekistonlik sportchi qatnashdi
Bugun Parijda o‘tayotgan yozgi Paralimpiya o‘yinlarida 3 nafar o‘zbekistonlik sportchi qatnashdi
Jumladan, para akademik eshkak eshuvchi Muhayyo Abdusattorova «B» finalda startga chiqdi. O‘zbekistonlik sportchi ushbu dasturda 12 daqiqa 25.03 soniya natija ko‘rsatib, marraga 5-bo‘lib yetib keldi.
Shu tariqa Muhayyo Abdusattorova Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarini 11-o‘rinda yakunladi.
Para yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida T12 klassida uzunlikka sakrash dasturida ishtirok etgan Yoqutxon Xolbekova 3.43 metr natija qayd etib, musobaqani 9-o‘rinda yakunladi.
Qayd etilishicha, amaldagi jahon chempioni hisoblangan Yoqutxon Xolbekova musobaqadan oldingi mashg‘ulot jarayonida olgan jarohati tufayli yuqori natija qayd eta olmagan.
Para yengil atletikaning erkaklar o‘rtasida T13 klassida 100 metrga yuugurish bo‘yicha saralash bahslari ham yakunlandi. Ushba dasturda startga chiqqan Doniyor Ahmedov 11.42 soniya natija bilan o‘zining joriy mavsumdagi eng yaxshi natijasini qayd etdi. Biroq ushbu natija hamyurtimizning keyingi bosqichga chiqishiga yetarli bo‘lmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter