Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Charos Qayumova Koreyadagi turnir chempioni bo‘ldi

Charos Qayumova Koreyadagi turnir chempioni bo‘ldi

2-6 avgust kunlari Koreya Respublikasining Muju shahrida taekvondo WT bo‘yicha xalqaro «Kimunyong Cup» turniri o‘tkazilmoqda.

Musobaqa G1 tasnifidan o‘rin olgan bo‘lib, unda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilar 10 reyting ochkosiga ega bo‘ladi.

Mazkur xalqaro musobaqaning bugungi bellashuvlarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Charos Qayumova (-53 kg) ham ishtirok etdi. Charos o‘z vaznidagi barcha raqiblarini yengib, musobaqa g‘olibiga aylandi. U musobaqada dastlab Yaponiya, yarim finalda Vetnam, finalda esa Koreya terma jamoasi a’zolarini mag‘lubiyatga uchratdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring