«Chelsi» sardori yozda «Barselona»ga o‘tadi
![«Chelsi» sardori yozda «Barselona»ga o‘tadi](http://static.xabar.uz/crop/1/8/720_460_95_1896236304.jpg)
Angliyaning «Chelsi» klubi himoyachisi va sardori Sesar Aspilikueta yozda Ispaniyaning «Barselona» jamoasiga o‘tadi.
Aspilikuetaning «Chelsi» bilan shartnomasi muddati 2022-yil iyunida tugaydi. Ispan legioneri shartnomani uzaytirmoqchi emas va erkin agentga aylanadi. Vataniga qaytgan futbolchi «Barselona» safini to‘ldiradi. 32 yoshli futbolchining agentlari shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olishdi.
Sesar Aspilikueta «Chelsi»ga 2012-yili «Marsel»dan kelib qo‘shilgandi. Londonliklar sharafini to‘qqiz yarim yil himoya qilgan ispan futbolchisi juda ko‘p sovrinlarni yutdi — Angliya chempioni, Angliya kubogi, Liga kubogi, YeChL chempioni, ikki karra Yevropa ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter